2023 yil 15 may kuni soat 09:30 dan 15:00 gacha Andijon shahri, Mashrab ko'chasida joylashgan ekoparkda "Do'stlik bayrami" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tadi.
Tadbir maqsadi: Farg'ona vodiysi yoshlari o'rtasida ko'p tomonlama transchegaraviy muloqotga ko'maklashish va do'stona ko'prik qurish.
Bu tadbir qo'shni davlatlar o'rtasida tinch va do'stona munosabatlarni o'rnatish yo'lidagi muhim qadam bo'lib, ular o'rtasida yanada yaqin madaniy almashinuvga erishish uchun tashkil qilinmoqda. 🤝
🎶 Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilar qo'shni mamlakatlarning urf-odatlari va madaniyati bilan tanishishlari, ko'rgazma-yarmarkalari, xalq raqslarida qatnashishlari, musiqa, milliy o'yinlar haqida ma'lumot olishlari, milliy taomlarni tatib ko'rishlari va hatto boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan tanishishlari mumkin.
♦️ Ushbu tadbir yoshlar uchun madaniyatlar o'rtasida ko'prik qurish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi va transchegaraviy muloqotni rivojlantirishda muhim qadam bo'lib hizmat qiladi.
🎊 Do'stlik Bayrami tinchlik va yaxshi qo'shnichilik bayramidir, umid qilamizki, bu mamlakatlar va yoshlar o'rtasidagi Hamdo'stlikning yangi bosqichining boshlanishi bo'ladi.
Keling, ushbu Do'stlik bayramida bizga qo'shiling!
"Do'stlik Bayrami: Biz Do'stmiz. Do'stlik" Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik uchun transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida qo'llab-quvvatlanadi."
Loyiha Konrad Adenauer Markaziy Osiyo jamg'armasi rahbarligidagi konsorsium tomonidan milliy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladi: EH "biom" Qirg'iziston Respublikasi, "Yuksalish" UMH O'zbekiston Respublikasi, "gender va rivojlanish" jamoat birlashmasi Tojikiston Respublikasi.