Bugun 15-may kuni Andijon shahridagi "Eko Park" da "bag'rikenglik hududi" tanlovi g'oliblariga sovrinlar topshirildi. Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik uchun transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida qo'llab-quvvatlanadi."
Loyiha Konrad Adenauer jamg'armasining Markaziy Osiyo bo’yicha vakolatxonasi rahbarligidagi konsorsium tomonidan milliy sheriklar "BIOM" EH Qirg'iziston Respublikasi, "Yuksalish" UMH O'zbekiston Respublikasi, "Gender va rivojlanish" jamoat birlashmasi Tojikiston Respublikasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yil 2 may kuni Andijon viloyatidagi 25 nafar faol yoshlar va talabalar uchun trening tashkil etildi.
Ushbu treningda ishtirokchilar 4 guruhga bo'lindi va har bir guruhga o'z g'oyalari va fikrlarini "tolerantlik bu...» mavzusida rasm ko’rinishida tasvirlash vazifasi berildi.
Do'stlik bayrami tashabbusi doirasida tashkil etilgan qo'shma yarmarkada Andijon shahri yoshlari asarlarni namoyish qildilar.