2022-yil 2-iyun kuni Farg'ona davlat universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik manfaatlari yo'lida transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida Yuksalish umummilliy harakati bilan hamkorlikda Farg'ona davlat universiteti qoshidagi "trend" munozara klubining 4-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Yuksalish umummilliy harakatining bosh mutaxassisi D. Teshaboyev, debat klubi murabbiyi - xalqaro bo'lim rahbari S. To'ychiboyzoda, xalqaro bo'lim mutaxassisi N. Saidova, SMM mutaxassisi F. Ajivef, debat klubining doimiy a'zolari, chet tillar fakulteti talabalari va Farg'ona davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o'quvchilari, jami 25 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir boshida klub moderatori N. Saidova qiziqarli o'yinlarini o'tkazdi, so'ngra muhokama klubining yangi ishtirokchilariga ushbu klubning asosiy maqsad va vazifalari, ushbu klubda ishtirok etishning imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.