2022 yil 23 iyun kuni Farg'ona davlat universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik manfaatlari yo'lida transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda Farg'ona davlat universiteti huzuridagi "trend" munozara klubining 7-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda "yuksalish" umummilliy harakatining bosh mutaxassisi D. Teshaboyev, debat klubi murabbiyi-xalqaro bo'lim rahbari S. To'ychiboyzoda, moderator N. Saidova, SMM mutaxassisi F. Ajivef, debat klubi ishtirokchilari, fizika va matematika fakulteti talabalari, faol yoshlar, jami 20 dan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir boshida klubning yangi ishtirokchilariga ushbu klubning asosiy maqsad va vazifalari, ushbu klubda ishtirok etishning imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.
Tadbirda klub rahbari N. Saidova moderatorlik qildi va yangi ishtirokchilarga ushbu munozara klubining maqsad va vazifalari to'g'risida muhokamalar o'tkazilishini tushuntirdi.
Keyin ishtirokchilarga " bugungi dunyoda o'ziga xoslik muammosi