Farg'ona Davlat Universitetidagi Do'stlik, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik markazida 2022 yil 28 iyun kuni Farg'ona davlat universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik manfaatlari yo'lida transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda Farg'ona davlat universiteti huzuridagi "trend" munozara klubining 10-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda "Yuksalish" umummilliy harakatining bosh mutaxassisi D. Teshaboyev, klub rahbari N. Saidova, SMM mutaxassisi F. Ajivef, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetining talabalari, umumiy hisobda 20 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Tadbir boshida klubning yangi ishtirokchilariga ushbu klubning asosiy maqsad va vazifalari, ushbu klubda ishtirok etishning imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.
Tadbirda klub yetakchisi N. Saidova moderatorlik qildi va yangi ishtirokchilarni munozaralar o'tkazish qoidalari va debat turnirlari formatlari, muhokamalar o'tkazish jarayoni va dalillar turlari bilan tanishtirdi.
Keyin ishtirokchilarga " asr boshidagi bilim muammosi - yangi fikrlash.»