Markaziy Osiyoda tinchlik va bag‘rikenglikni taʼminlash uchun transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot loyihasi doirasida maktablarda trening tashkil etilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida Qo‘qon shahridagi 14-maktabda Markaziy Osiyoda tinchlik va bag‘rikenglikni taʼminlash uchun transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot loyihasi doirasida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari, Milliy ekspertlar, Farg'ona viloyati maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixolog hamda sinf rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda pedagog xodimlar uchun ishlab chiqilgan “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab - tinchlik va do‘stlik sari” nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.