Farg'ona Davlat universiteti talabalari Yevropa Ittifoqi Attashesi Sierra Santiliana, Qirg'iziston va tojikistonlik yoshlar vakillari va markazlar rahbarlari uchun ekskursiya o'tkazdilar.
Yevropa Ittifoqi Attashesining Farg'onadagi Do'stlik markaziga ish safari ko’tarinki ruhda o’tdi. Yoshlar vakillari, Markaz rahbarlari, talabalar, yoshlar tashabbuskor guruhi ishtirokchilari o'rtasida transchegaraviy tajriba almashildi. Markaziy Osiyodagi tinchlik avlodi mehmonlarni Farg'ona Davlat universitetiga sayohatga taklif qildi.
Talabalar mehmonlarni universitetning yashil hududi bilan yaqindan tanishtirdilar, universitet hududida mavjud bo'lgan gender markazini namoyish etdilar, shuningdek, universitetning asosiy binosida joylashgan Farg'ona tarixiy muzeyiga ekskursiya qildilar.