Tadbirda "yuksalish" umummilliy harakati bosh mutaxassisi D. Teshaboyev, klub rahbari N. Saidova, SMM mutaxassisi F. Ajivef, pedagogika fakulteti talabalari umumiy hisobda 20 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Tadbir boshida klubning yangi ishtirokchilariga ushbu klubning asosiy maqsad va vazifalari, ushbu klubda ishtirok etishning imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.
Tadbirda klub rahbari N. Saidova moderatorlik qildi, yangi ishtirokchilarga muhokamalar o'tkazilishini tushuntirdi, munozaralar turlari va dalillar turlari haqida to’xtalib o’tdi.
Keyin ishtirokchilarga "barqaror kelajakni qurish usuli sifatida madaniyatlararo aloqa» mavzusi berildi.
Munozara davomida ishtirokchilar ikki tomonga bo'linib, o'z dalillarini tayyorladilar. Tadbir boshida jamoa ma'ruzachilari so'zga chiqdilar, so'ngra boshqa jamoa a'zolari tomonidan qarshi dalillar keltirildi. Ishtirokchilar klub faoliyatiga alohida qiziqish bildirishdi va klubning boshqa sessiyalarida ham ishtirok etishga qiziqish bildirildi.