13-15 mart kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo do‘stlik va mustahkam qo‘shnichilik yoshlar forumida ishtirok etdik. Ushbu forum Yevropa Ittifoqi moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Loyiha Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma boshchiligidagi konsorsium bilan uchta mamlakatdagi hamkorlari — “Yuksalish” umummilliy harakati (O‘zbekiston), “BIOM” ekologik harakati (Qirg‘iziston) hamda “Gender va taraqqiyot” jamoat tashkiloti (Tojikiston) tomonidan amalga oshirilmoqda.
Forumda Markaziy Osiyo davlatlaridan 100 ga yaqin yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Uch kunlik Forum dasturida yoshlar o‘rtasida xalqaro munozaralar, ta’lim va axborot sessiyalari, muhokamalar joy oldi. Shuningdek, o'zaro muloqot va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma transchegaraviy loyihalar uchun g‘oyalar ishlab chiqildi.
#toleranceinCA #tolerancenter #EU4CA #EUForeignPolicy #молодежь #eu #дружбабезграниц #молодежьца #молодежь #поколениемира #центрдружбынародов
#молодежныйфорум
#friendshipbridge
_______________
Финансируемый European Union in Uzbekistan European Union in Tajikistan European Union in Kyrgyzstan проект “Трансграничный многосторонний диалог в интересах толерантности и мира в Центральной Азии” реализуется консорциумом под руководством Фонд Конрада Аденауэра по Центральной Азии
совместно с ЭД “БИОМ” БИОМ / BIOM , ОНД “Юксалиш” Yuksalish umummilliy harakati и ОО “Гендер и Развитие" GaD - Gender & Development