🔆 20-21 may kunlari Farg'ona shahrida "tinchlik qurilishi kubogi" bo'lib o'tadi. Debat turniri Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda bag'rikenglik va tinchlik uchun transchegaraviy ko'p tomonlama muloqot" loyihasi doirasida qo'llab-quvvatlanadi."Loyiha Konrad Adenauer jamg'armasi rahbarligidagi konsorsium tomonidan milliy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda: BIOM ekologik harakati(Qirg'iziston Respublikasi), Yuksalish umummiliy harakati (O'zbekiston Respublikasi), Gender va rivojlanish jamoat birlashmasi (Tojikiston Respublikasi)
Ushbu tadbir tinchlik o'rnatish jarayoniga ko'maklashish, salbiy stereotiplarga qarshi kurashish va bag'rikenglikni oshirish maqsadida Qirg'iziston, Tojikiston, O'zbekiston yoshlari uchun qiziqarli va dolzarb mavzularda transchegaraviy muloqot qurish uchun boshlang'ich aloqa maydonchasi bo'ladi.
👥 Forum Ishtirokchilari:
Yoshlar faollari, debat dasturlari ishtirokchilari, mahalliy jamoalar vakillari, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan yoshlar jamoalari bilan ishlash bo'yicha milliy ekspertlar.