Treningning ikkinchi kuni doirasida ishtirokchilar treningning fundamental usullari, guruh ishini tashkil etish bilan tanishdilar va treningni rejalashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni muhokama qildilar.
Kun so‘ngida ishtirokchilar o‘zaro madaniy almashdilar, bir-birlarining an’analari, milliy xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
“Madaniy almashuv ko‘p madaniyatli va dinlararo muloqotni barpo etishning asosidir, do‘st xalqlarimizni nimalar birlashtirib turgani haqida ko‘proq gapirishimiz kerak”, - deydi trening ishtirokchisi Asqar.
Mashg‘ulotlardan so‘ng yosh trenerlar mustaqil ravishda o‘z hududi yoshlari uchun treninglar o‘tkazishi va “yoshdan yoshga” modeli bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishlari, bu orqali millatlararo muloqot platformalarini rivojlantirish va yoshlar salohiyatini oshirishga xizmat qilishlari rejalashtirilgan. Farg‘ona vodiysi, chegaradosh hududlardagi yoshlar jamiyatlarida ijobiy muloqot muhitini yaratish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirish, bu radikallashuv va ekstremizmga moyillikni oldini olishga yordam beradi.