Do'stlik, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik markazida muhokama klubining 6-sessiyasi bo'lib o'tdi
21 iyun kuni Farg'ona Davlat universitetida Do'stlik, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik markazi negizida " ta'lim tizimi millatlararo totuvlikka qanday ta'sir qiladi?» mavzusida muhokama bo'lib o'tdi.
Tadbirda Yuksalish umummilliy harakati bosh mutaxassisi D. Teshaboyev, debat klubi murabbiyi-xalqaro bo'lim rahbari S. Tuychiboyzoda, SMM mutaxassisi F. Ajivef, debat klubi ishtirokchilari, fizika va matematika fakulteti talabalari, faol yoshlar ishtirok etdi.
Turnir boshida yangi ishtirokchilar debat klubining asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, debat turnirlarida ishtirok etishning imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishdilar.
Turnirning moderatori yosh faol, klubning o'qitilgan debateri Xurshid bo'ldi.