17—18-may kunlari Andijon viloyatining Jalaquduq tumani yoshlari uchun “Totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda yoshlarning o‘rni” mavzusida trening o‘tkazildi.
“Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik uchun transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot” loyihasi doirasidagi ushbu treningdan maqsad — yoshlarda turli millat vakillariga nisbatan bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirish, salbiy stereotiplarga qarshi turish.
Birinchi kun 16—18 yoshdagi, ikkinchi kun 24—28 yoshdagi, jami 50 nafar o'g'il-qiz ishtirok etdi.
Trening davomida ularga bagʻrikenglik atamasining mazmun-mohiyati, turli millat vakillarining kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar haqida tushuncha berildi. Mojarolarning kelib chiqishi, ularni bartaraf etish boʻyicha strategiyalarni interaktiv formatda, turli uslublar (instrumentlar) yordamida ishlab chiqishga oid maʼlumotlar ulashildi. Shu bilan birga, yoshlarga turli millat vakillari o'rtasida oʻzaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash usullari borasida ham axborotlar taqdim etildi.
Trening yakunida yoshlar bilan erkin muloqot tashkil etilib, unda yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.