Markaziy Osiyoda tinchlik va bag‘rikenglik yo‘lida chegaralararo ko‘p tomonlama muloqot loyihasi doirasida 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanining “Oqbilol” “Xilma-xillikni boshqarish, Markaziy Osiyoda mahalliy hamjamiyatlarda nizolarning oldini olish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Trenerlar, Marat Rahimov, Bunyod Igamberdievlar tomonidan trening ishtirokchilariga Stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlarni shakllanishi, Diskriminasiya nizolar manbai, Turlilikni boshqarishga yondashuvlar, Milliy qonunchilik va multi madaniyatli xilma-xillikni tartibga solishning xalqaro mexanizmlari, Mahalliy hamjamiyatlarda ijtimoiy xilma-xillik, Ijtimoiy konflikt, Konfliktlarni boshqarish, Mojarolarning oldini olishda mahalliy hokimiyat organlarining roli mavzularida 4 ta sessiya o‘tkazildi.
Treningda jami 30 nafar ijtimoiy soha hodimlari, faol yoshlar ishtirok etdi.
Treningda ishtirokchilarga kofe-breyk, tushlik tashkil etildi.